Lautaro "Inter" bilan biroz kelisholmay turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Inter" Lautaro Martinesning talablaridan mamnun emas.
Calciomercato xabariga ko'ra, forvard 10 million evrodan ko'proq maosh olmoqchi, "neradzurrilar" esa uning talablarini qondirishga tayyor emas. Milanliklar bosh direktori Beppe Marotta 8 milliondan 9 million evrogacha bo'lgan miqdorni, ehtimol, jamoa muvaffaqiyati uchun bonuslar bilan birga, maqbul miqdor deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, tomonlar yakunda yangi shartnoma shartlarini kelishib olishlariga shubha qilmayapti. Amaldagi kelishuv 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda A Seriyada Martines 31 o'yinda 23 ta gol urdi, bu hammadan ko'p.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!