Terzich: "O'z klubim bilan juda faxrlanaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
"Borussiya" ustozi Edin Terzich bugungi drama haqida fikr bildirdi. U quvonchlarini yashirib o'tira olmadi.
"Agar bitta so'zni topib tanlashim kerak bo'lsa, bu g'urur so'zi bo'ladi. Men o'z xodimlarim, jamoam, klubim bilan juda faxrlanaman. Orzular hali tugamadi.
Biz juda ko'p azob chekdik, ammo oldinda juda kuchli, juda tez va harakatchan jamoaga qarshi mehmonda juda yaxshi o'yin ko'rsatdik.
Biz ikkita o'yinda o'z darvozamizni daxlsiz qoldirdik va yarim finalda ikkala o'yinda ham g'alaba qozondik. Bu aql bovar qilmas ajoyib natija", – dedi Terzich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!