Xummels EChL tarixidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Seshanba oqshomida Parijda Evropa Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yinida mahalliy "PSJ" va Dortmundning “Borussiya” klublari o'zaro bahs olib bordi.
Ikkinchi bo'lim boshida “asalarilar”ning tajribali himoyachisi Mats Xummels hisobni ochdi – 1:0. U bu goli bilan Chempionlar ligasining pley-off bosqichida gol urgan eng keksa germaniyalik futbolchiga aylandi, deb xabar beradi Opta Sports.
U golini 35 yoshu 143 kunligida urgan. Mats Chempionlar Ligasi yarim finalida gol urgan uchinchi eng qari futbolchiga aylandi.
Undan Rayan Giggz (37 yoshu 148 kun) va Edin Jeko (37 yosh 54 kun) oldinda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!