Lopes: "Mourino ko'p yillardan beri Evropada yo'q ruhni tikladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Diego Lopesning fikricha, "Real Madrid" muvaffaqiyatida Joze Mourino muhim rol o'ynagan. Portugaliyalik 2010-2013 yillarda Madrid klubini boshqargan.
"Real" birinchi o'yindayoq "Bavariya"dan ustun ekanligini ko'rsatdi va qolgan hamma narsa teng bo'lsa, ikkinchi o'yinda bemalol g'alaba qozonishi kerak.
Men bu jamoaning 15-marta Chempionlar ligasida chempion bo'lishini kutmoqdaman. "PSJ" ikkinchi finalchi bo'lib ko'rinadi, ammo "Barsa" bilan o'yinda ular menga umuman yoqmadi.
"Real Madrid"ning Chempionlar ligasidagi g'alabalari Mourinoga juda ham bog'liq. Mourino "Real Madrid" uchun o'zgacha ruh olib keldi.
"U ko'p yillardan beri Evropada yo'q ruhni tikladi", - dedi "Real"ning sobiq darvozaboni Diego Lopes.