Liga 1 klubining Messiga belgilagan narxi xaridorlarga ma'qul kelmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Marsel" Rayan Messini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Dijon"ning 16 yoshli vingeriga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
L’Equipe xabariga ko'ra, katta salohiyatga ega yosh o'yinchini jamoaga jalb qilish strategiyasini "Marsel" qo'llab-quvvatlagan, biroq shartnoma bo'yicha hali taklif bilan chiqmagan.
Dastlabki muzokaralarga ko'ra tomonlar o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklar sodir bo'ldi. "Dijon" 4 million evro so'rayapti, ayni damda bu pulni nafaqat "Marsel", balki qiziqish bildirayotgan klublarning aksariyati ham to'lashga tayyor emas. Frantsiyaning boshqa klublari, jumladan, "Lill" ham bu futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Rayan Messi Frantsiya U-17 terma jamoasida to'rtta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. 12 aprel kuni u "Orlean"ga qarshi o'yinda (1:0) gol urib, "Dijon" tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.