"Yuventus" yarim himoyachisi A Seriyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Yuventus" va Serbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Filip Kostich Italiyaning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko'ra, "Roma" Turin klubiga serbiyalik vingerni sotib olish bo'yicha rasmiy so'rov yuborgan.
Qayd etilishicha, 31 yoshli futbolchining xizmatlariga rimliklar bosh murabbiyi Daniele De Rossi shaxsan qiziqish bildirmoqda.
Kostich Turin klubida 2022 yilning yozidan buyon o'ynamoqda.
Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, o'z sheriklari uchun to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!