"Chelsi" futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Hujumchi Armando Broya qishki transfer oynasida "Chelsi"dan "Fulxem"ga ijaraga o'tdi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Chelsi" va Broya kelasi yozda to'liq transfer orqali butunlay xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, 22 yoshli Broyaga Premer-liga va Evropaning ayrim klublari qiziqish bildirmoqda.
Armando Broya “Fulxem” safida ettita rasmiy o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma berdi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari albaniyalik futbolchini 28 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!