Karvaxal "Real"ning omad kaliti nimada ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal bosh murabbiy Karlo Anchelottining xizmatlarini yuqori baholadi.
“Anchelotti va uning murabbiylar shtabi “Real” muvaffaqiyatining asosiy sababidir. Yozda jamoa katta o'zgarishlarga duch keldi. Karim Benzema, Marko Asensio ketishdi. Karloni bu o'yinchilarning o'rnini yopa olgani uchun hurmat qilish kerak", - dedi Karvaxal matbuot anjumanida.
Ertaga "Real" o'z maydonida Chempionlar ligasining ikkinchi yarim finalida "Bavariya"ni qabul qiladi (birinchi o'yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan). "Los Blankos" hafta oxiri La Liga chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!