"Chelsi" Pochettinoning kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati argentinalikni jamoa boshqaruvida qoldiradi.
Manbaning ta'kidlashicha, endi Pochettino kelasi mavsumda "Chelsi" bosh murabbiyi bo'lib qoladigan stsenariy ehtimoli yuqori. Argentinalik jamoasi ayni damda Angliya chempionatida ettinchi o'rinni egallab, evrokuboklar uchun kurash olib bormoqda.
Pochettino joriy mavsumda "Chelsi"ga Liga kubogi finali va Angliya kubogi yarim finaliga chiqishga ham yordam bergan. Maurisioning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!