"Xetafe" prezidenti: "Laporta mendan Grinvud haqida so'radi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Xetafe" prezidenti Anxel Torres uning "Barselona"dagi hamkasbi Joan Laporta hujumchi Meyson Grinvud haqida ma'lumot so'raganini tan oldi.
"Laporta mendan Grinvud haqida so'radi. U ba'zi ma'lumotlarni bilib oldi", - deya Xetafe prezidentining so'zlarini keltiradi Managing Barca.
Avvalroq "Manchester Yunayted" yozda Grinvud bilan doimiy ravishda xayrlashish niyatida ekani haqida xabar berilgandi. Meyson joriy Ispaniya La Ligasida 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!