"Chelsi" yozda Bundesliga hujumchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Londonning "Chelsi" klubi yozda Germaniya Bundesligasidan hujumchi sotib olishi mumkin. Jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, “ko'klar” “RB Leyptsig”dan Benjamin Sheshkoni faol kuzatmoqda.
20 yoshli sloveniyalik uzoq vaqtdan beri londonliklarning radarida edi. Benjamin endi "ko'klar"ning hujumchi pozitsiyasi uchun ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Oldinroq forvardning shartnomasida 70 million evro miqdorida tovon puli ko'zda tutilgani xabar qilingandi.
Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida Sheshko 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!