"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Barselona" hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Braziliyalik hujumchi Vitor Roke joriy mavsum yakunida “Barselona”ni tark etishi mumkin. Futbolchi unga bildirilgan umidlarni oqlamadi va shuning uchun klub uni sotish haqida o'ylay boshladi.
Forvard xizmatlariga Angliya chempionatining bir qancha top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Gap "Manchester Yunayted", "Liverpul", shuningdek, Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" klublari haqida bormoqda. "Barselona" braziliyalik futbolchini sotishdan taxminan 40 million evro ishlab olishni kutmoqda.
La Liganing joriy mavsumida 19 yoshli futbolchi 11 ta o'yin o'tkazib, atigi 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!