"Manchester Yunayted" futbolchisi jamoa bosh murabbiyini haqorat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Manchester Yunayted" vingeri Antoni jamoasi bosh murabbiyi Erik ten Xagni haqorat qildi. Globo Esporte xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi messenjerlardan birida jamoadoshlari bilan yozishmalarda bosh murabbiyni haqoratlagan va niderlandiyalikni "kalbosh tuxumkalla" deb atagan.
Qayd etilishicha, Ten Xagga allaqachon ushbu yozishmalarning skrinshoti ko'rsatilgan va murabbiy Antoni bilan suhbatlashgan.
Joriy mavsumda vinger APLda 28 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Manchester Yunayted" 54 ochko bilan APLda 8-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!