"Barselona"ning sobiq murabbiyi "Bavariya"ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Myunxenning "Bavariya" klubi yozda "Barselona"ning sobiq murabbiyini bosh murabbiylikka tayinlashi mumkin. Gap hozirda Bilbaoning “Atletik” klubini boshqarayotgan Ernesto Valverde haqida ketmoqda.
Ushbu murabbiy qo'l ostida basklar joriy mavsumda Ispaniya kubogini qo'lga kiritishdi. Valverde jamoasi Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Ernesto haqiqatan ham "Bavariya"ga nomzod. Jamoa Turkiya terma jamoasining sobiq ustozi Stefan Kuntsni taklif etish variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!