“Napoli” Osimxenga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Italiyaning "Napoli" klubi yozda Viktor Osimxen o'rnini bosa oladigan hujumchilarni qidirmoqda.
Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko'ra, "Napoli" "Jenoa" hujumchisi Albert Gudmundsson uchun kurashga kirishgan. Avvalroq islandiyalik futbolchiga “Milan”, “Inter”, Turinning “Yuventus”, Londonning “Tottenxem” kabi klublari qiziqish bildirgandi. Futbolchining o'zi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
Gudmundsson A Seriyaning ushbu mavsumida 14 ta gol urdi. Futbolchi 60 million evroga baholanmoqda. Agar "Napoli" Osimxenni 130 millionga sotsa, klub 26 yoshli Albertni transfer qilish uchun pulga ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!