Ravanelli "Yuventus"ga yangi murabbiy tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
So'nggi paytlarda Italiyada Massimiliano Allegrining Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyligidan ketishi haqida mish-mishlar tez-tez uchramoqda. Sobiq futbolchi Fabritsio Ravanelli "Yuventus"ga yangi bosh murabbiy to'g'risida o'z variantni taqdim etdi.
"Hech shubhasiz bu lavozimga Konteni tanlagan bo'lardim. U klubni va uning falsafasini yaxshi biladi, intizomni yaxshilashga qodir", - deya Ravanelli so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
90-yillarda Ravanelli Konte bilan Turinning "Yuventus" va Italiya terma jamoasi tarkibida o'ynagan. Konte 2011 yildan 2014 yilgacha "Yuventus"ni boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!