"Bayer" "Jirona" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Leverkuzenning "Bayer" klubi yozgi transfer oynasidagi harakatlarini rejalashtirishni boshladi. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga ko'ra, Germaniya chempionining e'tiboriga "Jirona"ga yarim himoyachi Alesh Garsiya tushgan.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "dorishunoslar" futbolchini transfer qilish bo'yicha iltimos bilan chiqishgan. "Jirona" Germaniya tomoniga hozircha aniq javob bermadi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Garsiya 33 ta bahsda ishtirok etdi. 26 yoshli yarim himoyachining hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. La Liganing 34-turidan keyin “Jirona” 74 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!