Van Deyk: "Liverpul" bundan hulosa chiqaradi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Liverpul" markaziy himoyachisi va sardori Virjil Van Deyk APL chempionligi uchun kurashda jamoasining imkoniyati pasayib ketganiga baho berdi.
“Biz hal qiluvchi daqiqalarda etarlicha o'yin ko'rsata olmadik. Bu hayot. Bunday tajriba ham foydali - uning yordamida siz kelajakda yaxshiroq bo'lishingiz mumkin", - dedi "qizillar"ning niderlandiyalik futbolchisi.
36 ta o'yindan so'ng “Liverpul” turnir jadvalida “Manchester Siti”dan 4 ochko, peshqadam “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolib, uchinchi o'rinda bormoqda. Shu bilan birga, Xosep Gvardiola jamoasi raqiblaridan bir o'yin kam o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!