"Arsenal" Bundesligadan to'purar hujumchi olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Londonning “Arsenal” klubi “Shtutgart” hujumchisi Seru Girassiga ko'z tikdi.
Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchiga “Bavariya” va Dortmundning “Borussiya” klublari ham da'vogarlik qilmoqda, biroq forvardga xorij chempionatlarida ham talab bor. Fichajes portaliga ko'ra, gvineyalik futbolchi kelasi yozda “Arsenal”ning maqsadlaridan biriga aylangan. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta mavsum boshlanishidan oldin hujumni kuchaytirishga umid qilmoqda.
Seru Girassi joriy Bundesligada “Shtutgart” safida 26 o'yinda 25 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!