Fabritsio Romano Lopetegi va "Bavariya" haqidagi yangiliklarga to'xtaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Xulen Lopetegi "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishga nomzodlardan biri sifatida qayd etildi.
Xabarlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis yaqinda myunxenliklar taklifini rad etdi, chunki u allaqachon "Vest Xem"ni boshqarishga rozi bo'lgan edi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" Lopetegi bilan aniq muzokaralar olib bormagan va mutaxassis Tomas Tuxelni almashtirishning asosiy variantlari qatoriga kirmagan.
Xulen Lopetegining "Vest Xem"ga tayinlanishi yaqin orada e'lon qilinishi mumkin. "Bolg'achilar" boshqaruvida murabbiy yaqin orada ketishi rasman tasdiqlangan Devid Moyesning o'rnini egallaydi.
Lopetegining avvalgi ish joyi “Vulverxempton” edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!