"Atletiko" Feliksni qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Atletiko" vingeri Joau Feliks "Barselona"dagi ijara muddati yakuniga etganidan so'ng Madridga qaytishi mumkin.
Madridliklar qaytish variantini ko'rib chiqmoqda, chunki ular futbolchini 60 million evroga baholamoqda - hozircha hech kim uning uchun bunday summani to'lashga tayyor emas. Bundan tashqari, "Atletiko" Feliks bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi va uni "Barselona"ga ijaraga berdi.
Joau avvalroq "Barselona"da qolish istagi haqida gapirgan edi. 24 yoshli portugaliyalik vinger joriy mavsumda 41 o'yinda 10 gol va 6 golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!