"Sevilya" afsonasi yakuniga etayotgan mavsumni sarhisob qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Sevilya" afsonasi Xesus Navas mavsum yakunini sarhisob qildi.
"Bu qiyin yil bo'ldi, ammo jamoa "Sevilya" libosiga loyiq bo'lgan g'ururni ko'rsatdi" - dedi Navas Diario de Sevilla bilan suhbatda.
Mavsum davomida klubni Kike Sanches Flores boshqardi.
"U tajribali murabbiy, u bizga g'alabalarga erishishimiz uchun xotirjamlik berdi, bizni jadvalning pastki qismidan ko'tardi", - deya qo'shimcha qildi Navas.
Ayni damda "Sevilya" turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda, klub o'tkazilgan 34 uchrashuvda 41 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi.
Jamoa guruh bosqichida Chempionlar ligasidan chiqib ketdi, hatto Evropa ligasiga ham chiqa olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!