Di Mariyaga turk klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Beshiktosh" mashhur hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya bilan shartnoma imzolamoqchi.
Jurnalist Murat O'zenning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, turk klubi 36 yoshli Di Mariyaning menejeri bilan uchrashuv o'tkazgan.
Futbolchining vakili "Beshiktosh" va Istanbul haqida ma'lumot so'ragan. Eslatib o'tamiz, Di Mariya o'tgan yozda "Benfika"ga qaytgandi.
Joriy mavsumda argentinalik yulduz turli musobaqalarda 47 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nufuzli Transfermarkt portali Anxel di Mariyani 4 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!