Bugun APLda katta o'zgarish yuz beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
Birinchi marta Premer-liga uchrashuvi hakami maydonga kamera bilan chiqadi.
Bugun Angliya chempionatining 36-turi doirasida "Kristal Pelas" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. O'yin 00:00da boshlanadi.
Ushbu uchrashuvning hakami Jarred Gillett boshga o'rnatilgan videokamera qurilmasidan foydalanadi. Undan olingan video jonli efirga uzatilmaydi.
Ligada hakamlikka bag'ishlangan dasturda hakamning kamerasi tasvirlari namoyish etiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!