Al-Xelayfi: "PSJ" yarim finalga chiqqan eng yosh jamoa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi javob uchrashuvi oldidan jamoasining kayfiyati haqida gapirdi.
Ertaga oqshom "Park de Prens" stadionida parijliklar safardagi 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin g'alaba qozonishga harakat qilishadi.
“O'yinchilar bor e'tiborlarini jamlagan. O'ziga ortiqcha ishonch yaxshi narsa emas. Bu Chempionlar ligasining yarim finali, shuning uchun o'ziga ortiqcha ishonib bo'lmaydi. Bizning jamoamiz Chempionlar ligasining barcha yarim finalchilari orasida eng yoshi ekanligini unutmasligimiz kerak", - deydi Al-Xelayfi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!