Pochettinoning “Chelsi”dagi kelajagi nimaga bog'liq?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yozda ishini yo'qotishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, rahbariyat argentinalikning taqdirini mavsum oxirida hal qiladi, ammo ko'p narsa "ko'klar"ning Evropa ligasiga yo'llanma olishiga bog'liq.
"Chelsi" ayni damda Angliya Premer-ligasida 7-o'rinni egallab turibdi. Pochettino shogirdlari Evropa ligasi zonasidan ikki ochko ortda qolmoqda.
Chempionatda mavsum yakuniga qadar uchta o'yin qoldi. Pochettino qo'l ostidagi "Chelsi" ushbu mavsumda Liga kubogi finali va Angliya kubogi yarim finaliga chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!