Lopetegi "Vest Xem"ni boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsumdan boshlab "bolg'achilar" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi, deb xabar beradi The Guardian. Tomonlar kelishuvga erishishdi, shartnomani imzolashgina qoldi.
Avvalroq “Bavariya” Lopetegini taklif qilishga qiziqayotgani, biroq murabbiyning o'zi Angliyada ishlashni ma'qul ko'rgani haqida xabar berilgandi.
APLning joriy mavsumida 36-turda “Vest Xem” 49 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Devid Moyes mavsum oxirida klubni tark etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!