Moyes "Vest Xem"ning yomon o'yinlari sababini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8
Devid Moyes "Vest Xem"ning muammolarini Deklan Raysning sotuvi bilan izohladi.
Kecha jamoa APL doirasidagi safarda “Chelsi”ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Matbuot anjumanida Moyesdan "Vest Xem"ning uydan tashqaridagi yomon o'yinlari sababini so'rashdi.
“Gap Deklan Raysda. Agar mamlakatdagi eng yaxshi yarim himoyachi himoyalansa, ehtimol barcha hujumlarning 50 foizini to'xtatsa, bu jamoani himoyaviy jihatdan ancha yaxshi jamoaga aylantiradi.
Yarim himoyada himoyaviy o'yin etishmadi, yaxshi himoyalanish etishmadi, biz ko'p o'yinlarda etarlicha o'yin ko'rsata olmadik”, dedi “Vest Xem” bosh murabbiyi.
Deklan Rays o'tgan yozda "Vest Xem"ni tark etib, Londonning "Arsenal" klubiga o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!