"Manchester Yunayted" yosh futbolchi uchun "Bavariya" bilan raqobatlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Manchester Yunayted" "Bavariya"ning transfer maqsadi bo'lgan yarim himoyachini faol kuzatib bormoqda. Gap ushbu mavsum yakunida jamoasini tark etish niyatida bo'lgan "Shalke" klubi yarim himoyachisi Assan Uedraogo haqida ketmoqda.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" skautlari Uedraogoni "Shalke"ning ikkinchi Bundesligadagi so'nggi o'yinida tomosha qilishgan. Shu bilan birga, futbolchini transfer qilishga "Bavariya" va "RB Leyptsig" qiziqmoqda.
Transfermarkt 17 yoshli yarim himoyachining bozor narxini 8 million evroga baholagan. Bu mavsumda Assan ikkinchi Bundesligada ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!