De Rossi: "Raqibning natijalariga qarab qola olmaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10
Rimning "Roma" klubi bosh murabbiyi Daniele De Rossi EChL uchun yo'llanma haqida gapirdi.
"G'alaba qozonish uchun Bergamoga dadil borishimiz kerak. Taqvimga ko'ra "Atalanta"ning o'yini ("Fiorentina" bilan) keyinroq o'tkaziladi.
Biz bu natijaga qarab qola olmaymiz. Albatta, bularning barchasi bizning kelajak natijalarimizga ta'sir o'tkazishi, EChLga chiqishimizga xalaqit qilishi mumkin. Lekin sodir bo'lishi kerak bo'lgan narsa baribir sodir bo'ladi", – dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Atalanta" 57 ochko bilan 6, "Roma" esa 60 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Biroq bergamoliklarda ikkita zaxira o'yini mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!