Yaponiya terma jamoasi a'zosiga London klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11
"Latsio" yarim himoyachisi Daichi Kamada faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, yaponiyalikning xizmatlariga Londonning “Kristal Pelas” klubi qiziqmoqda.
Manbaga ko'ra, "burgutlar" bosh murabbiyi Oliver Glasner Frankfurtning "Ayntraxt" klubida murabbiylik qilgan paytlarda Kamada bilan yaxshi munosabatlarga ega bo'lgan. U futbolchini yana o'z jamoasida ko'rishni istaydi.
27 yoshli Kamadaning "Latsio" bilan shartnomasi yozda tugaydi. Yarim himoyachiga Turinning "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!