Deku "Barselona"ga yozda 3-4 nafar yangi futbolchi taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Deku yozgi transfer oynasida jamoani kuchaytirish bo'yicha katta rejalarga ega.
Jurnalist Ferran Martines xabariga ko'ra, portugaliyalik funktsioner "Kamp Nou"ga asosiy tarkibda o'ynashga qodir bo'lgan 3-4 nafar yangi futbolchini taklif qilmoqchi.
Manbaga ko'ra, "Blaugrana"ning qisqa ro'yxatidan Joshua Kimmix ("Bavariya"), Martin Subimendi ("Real Sosedad"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Niko Uilyams ("Atletik") va Dani Olmo ("RB Leyptsig") kabi futbolchilar bor.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli yozda cheklangan byudjetga ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!