Pogba yangi filmda suratga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Pol Pogba aktyorlik faoliyatini boshlagan.
Le Parisien xabariga ko'ra, Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi ayni damda Fabien Ontinentning "4 Zéros" filmida suratga tushmoqda.
Pogba aktyorlar Jerar Lanvin va Dide Burdon bilan birga yosh futbolchilarni tarbiyalaydigan murabbiy rolini o'ynaydi.
2025-yil 9-aprelda namoyish etilishi rejalashtirilgan film 2002-yilda suratga olingan “3 Zeros” filmining davomi hisoblanadi.
Rollarda, shuningdek, futboldan ikki kishi bor edi - sobiq "Monako" futbolchisi va "Alaniya" sobiq bosh murabbiyi Rolan Kurbis va "Oser"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Gi Ru.
Film "PSJ"da o'ynashni orzu qilgan Kidan ismli yigit haqida hikoya qiladi. Filmning ayrim sahnalari 25-fevral kuni bo'lib o'tgan "PSJ" va “Renn” o'rtasidagi Liga 1 o'yinida “Park de Prens” stadionida suratga olingan.