"Borussiya Dortmund"da Sancho borasida reja bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Qishki transfer oynasida Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"dan ijara asosida Dortmundning "Borussiya"siga o'tdi. Yozgi transfer oynasida 24 yoshli vingerni sotib olish "asalarilar" uchun juda qiyin bo'ladi - bunday stsenariy bo'lishi dargumon. Sky Germany xabariga ko'ra, dortmundliklar Sanchoning ijara muddatini bir yilga uzaytirmoqchi.
"Borussiya" Sancho qolish istagini bildirishiga umid qilmoqda va bu "Manchester Yunayted" bilan futbolchining kelajagi bo'yicha muzokaralar jarayonini osonlashtiradi.
Qo'shimcha qilish kerakki, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Sanchoni 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!