Klopp: "Saloh o'z darajasini ko'rsatdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining 36-turi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi bahsdagi hujumchi Muhammad Salohning o'yiniga baho berdi.
Uchrashuv yakshanba kuni "Enfild"da bo'lib o'tdi va "Liverpul"ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, Saloh bitta gol urdi.
“Saloh ajoyib edi, u juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Uning Elliott bilan o'zaro aloqasi yaxshi edi. Men u uchun xursandman. Muhammad o'z darajasini va nimalarga qodirligini ko'rsatdi”, dedi Klopp o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!