"Borussiya D" Zyuledan qutulishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Dortmundning "Borussiya" klubi yozda himoyachi Niklas Zyuleni sotishni rejalashtirmoqda.
Sky Sports xabariga ko'ra, Dortmund klubi 28 yoshli himoyachini yozgi transfer oynasida sotuvga qo'ymoqchi.
"Borussiya" rahbariyati Zyulening o'yini va xulq-atvoridan norozi, shuning uchun u asosiy tarkibga kira olmayapti.
Zyule hozirda Dortmundning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Uning maoshi mavsumiga 11 million evro, bu ham himoyachini sotishga sabab bo'lishi mumkin.
2022 yilda himoyachi "Bavariya"dan erkin agent sifatida Dortmundning "Borussiya"siga o'tdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!