"Bavariya" futbolchilari mashg'ulotlarga qaytishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Matteys de Ligt va Jamol Musiala "Bavariya" jamoasi mashg'ulotlariga qaytgani ma'lum bo'ldi.
Niderlandiyalik himoyachi Chempionlar ligasining birinchi yarim finalida "Real"ga qarshi o'yinni (2:2) o'tkazib yubordi. U 27 aprel kuni Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga qarshi o'yinda tizzasini jarohatlagan edi.
Musiala Madridga qarshi butun o'yinni o'tkazdi, ammo kechagi Bundesliga o'yinini o'tkazib yubordi.
"Real"ga qarshi javob yarim final uchrashuvi 8 may kuni Madridda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!