Maradonaning farzandlari yana sudga ariza berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
2020-yilda vafot etgan argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning farzandlari otasining jasadini xavfsizroq joyga ko'chirishni so'rab sudga ariza berishdi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Maradonaning farzandlari uning jasadi Argentina prezidentining rasmiy qarorgohi ortida joylashgan maqbaraga ko'chirilishini istashmoqda.
Hozirda sobiq futbolchining jasadi Buenos-Ayresning chekkasida, shaxsiy qabristonda joylashgan.
Bu qabristonga faqat uning oila a'zolari tashrif buyurishi mumkin. O'z navbatida, Maradona jasadini maqbaraga ko'chirish orqali bolalar boshqa odamlarga ham afsonaviy futbolchi bilan xayrlashish imkoniyatini bermoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!