Xavi: "Real" va "Jirona"dan ustun o'yin ko'rsatgandik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandesning fikricha, uning jamoasi raqiblaridan yaxshi harakat qilgan holda o'yinlarda mag'lub bo'lmoqda.
La Liga doirasidagi kechagi o'yinda "ko'k-anorranglilar" “Jirona”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, “Real”ga chempionlikni muddatidan oldin qo'lga kiritish imkonini berdi. 1-davrada ham Kataloniyaning ikki jamoasi o'rtasidagi o'yinda xuddi shunday natija qayd etilgandi. "Qaymoqranglilar" bilan o'yinlarda ham "Barselona" ikki marta mag'lub bo'ldi - 1:2 va 2:3.
"Real Madrid" va "Jirona"ga qarshi ikkala o'yinda ham o'yinda ustunlikka ega bo'ldik, ammo bu natijaga ta'sir qilmadi", - dedi Xavi o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!