"Atletiko" Oblak o'rniga ikki yuqori saviyadagi darvozabondan birini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Madridning “Atletiko” klubi yozgi transfer oynasida sloveniyalik Yan Oblakdan ayrilishi mumkinligi munosabati bilan yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Ispaniya top-klubi e'tiborida hozirda ikkita mashhur darvozabon bor. Gap "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi David de Xea va hozirda "Real"da ijarada o'ynayotgan Kepa Arrisabalaga haqida ketmoqda. Ikkala darvozabon ham "matraschilar" safiga qo'shilishga tayyor.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Atletiko” 34 turdan so'ng 67 ochko jamg'argan. Diego Simeone shogirdlari La Liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!