Ermosoning "Atletiko"dagi kelajagi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
Madridning “Atletiko” klubi markaziy himoyachi Mario Ermosoning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlarning rejalari umuman o'zgarmagan. Futbolchi kelasi yozda "matraschilar"ni erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.
"Atletiko" rahbariyati Ermosoning yangi shartnoma uchun moliyaviy talablarini qondirishdan bosh tortdi. Ermoso faoliyatini boshqa joyda davom ettirishga qaror qildi.
Avvalroq, Mario xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Markaziy himoyachiga Angliya Premer-ligasi klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!