Messi joriy mavsum dahshatli statistika qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Lionel Messi bu yil har bir o'yinda o'rtacha ikkitadan ko'proq golda qatnashmoqda.
Biroz avval yakunlangan MLS o'yinida “Inter Mayami” “Nyu-York Red Bulls”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:2. Argentinalik yulduz jamoasining barcha oltita golida ishtirok etdi (6:2). 36 yoshli hujumchi beshta golli uzatma va bir golga mualliflik qildi. Umuman olganda, argentinalik futbolchi 2024 yil boshidan buyon “Inter Mayami” tarkibida 11 ta o'yinda 12 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan – 23 ta samarali harakat.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi o'tgan yozdan beri MLSda to'p tepmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!