Nunes "Barselona" maqsadlaridan biriga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes "Barselona"ning maqsadlaridan biri.
"Blaugrana"ning amaldagi hujumchisi Robert Levandovskining yangi mavsumdagi maoshi yiliga 30 million evrodan oshadi - bu klubning umumiy limitining taxminan 15 foizini tashkil qiladi, deya xabar beradi The Sun. Shu sababli, manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" 35 yoshli polyak bilan xayrlashib, uning o'rniga "Liverpul"dan Darvin Nunesni qo'lga kiritishi mumkin. Urugvaylik futbolchining kutilayotgan maoshi Levandovskinikidan taxminan 4 baravar kam bo'ladi.
Transfermarkt ekspertlari Nunesning narxini 70 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi “Liverpul” safida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.