Frantsiya chempionatining 2-to'purariga APLdan jiddiy qiziqish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid klubini o'zgartirishga yaqin turibdi.
“Lill” yozda o'z etakchisini sotishga majbur bo'lishi kutilmoqda: kanadalik futbolchining shartnomasi 2025 yilda tugaydi, shuning uchun keyingi mavsum oxirida u erkin agentga aylanishi mumkinligi sabab klub uni sotuvga qo'yadi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Devidga Angliyaning “Aston Villa” klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, 24 yoshli forvardning o'zi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubini o'zgartirishga tayyor.
Jonatan Devid joriy Liga 1 musobaqasida Kilian Mbappedan (26) keyin ikkinchi to'purar (17 gol). Transfermarkt ekspertlari "Lill" yulduzining narxini 50 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!