Saka uchun mavsum juda omadli o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Bukayo Saka joriy mavsumda "Arsenal" safidagi barcha turnirlardagi 20-golini kiritdi.
Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa APLning 36-turida “Bornmut”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Bu o'yinda “kanonirlar” hujumkor yarim himoyachisi Bukayo Saka penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa, 22 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi 20-golini kiritdi: Premer-ligada 16 gol va Chempionlar ligasida 4 gol.
U 2019/20-yu yilgi mavsumda Per-Emerik Obameyang 29 gol urganidan keyin "Arsenal" uchun barcha musobaqalarda 20+ gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Saka, shuningdek, 2012 yilda 21 ta gol urgan Teo Uolkottdan keyin 12 yil ichida bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi ingliz bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!