Belarusdagi bahsda katta hisob qayd etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Belarus sport vazirligi ligasi ikkinchi tur doirasida "Miori" jamoasi "Rossoni"ni 50:0 hisobda taslim etdi.
O'yin 4 mayda bo'lib o'tdi. Mezbonlar mehmonlarga javobsiz 50ta gol urishdi — ilk bo'limda 24ta, ikkinchisida 26ta.
Sport vazirligi ligasi — Belarus chempionatining kuch jihatidan uchinchi divizioni.
Belarus futbol federatsiyasi 4 may kuni 6 mayda ligani o'tkazish formati bo'yicha ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lishini ma'lum qildi. Shu sabab bungacha o'tkazilgan o'yinlar turnirdagi ahamiyatini yo'qotishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!