Modrich "Real"da rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Ayni damlarda Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida “Kadis”ni qabul qilmoqda.
Uchrashuv 19:15da boshlandi, hisob hali ham 0:0.
Dastlabki daqiqalardan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich “Los-Blankos”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Yarim himoyachining yoshi 38 yoshu 238 kun. Shu tariqa, u "Real Madrid" tarixidagi milliy chempionat o'yinida ishtirok etgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Natijada Modrich Ferents Pushkashga tegishli rekordni yangiladi. Venger 1965 yilda 38 yoshu 233 kunligida "Real" safida chempionatda o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!