Premer-liganing yangi mavsumdagi yana bir ishtirokchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Ipsvich" yana Premer-ligaga qaytdi.
Kiran Makkenna shogirdlari chempionshipning 46-turida “Xaddersfild”ni mag'lub etishdi (2:0) va mavsum yakuniga ko'ra 96 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi.
"Traktorchilar"ning raqibi “Lids” so'nggi turda “Sautgempton”ga imkoniyatni boy berib (1:2) uchinchi o'rinda qoldi. Avvalroq “Lester” Premer-ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
"Lids", "Sautgempton", "Vest Bromvich" va "Norvich" Premer-ligaga uchinchi yo'llanma uchun pley-offda o'ynaydi.
"Ipsvich" 2001/02 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Premer-ligada o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!