Rays: "Arsenal" muxlislari bunga loyiq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays bu mavsumda jamoasi uchun Angliya Premer-ligasida g'alaba qozonish qanchalik muhimligi haqida gapirdi.
“Kanonirlar” ayni damda “Manchester Siti”dan bir ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda, ammo “shaharliklar” hisobida bitta zaxira o'yini bor. "Kanonirlar"ning joriy mavsum hisobidan yana uchta o'yini bor
“Menga bu haqda gapirish yoqadi. Muxlislar bunga loyiq. Klub tarixi va saviyasiga nazar tashlasak, hammasi aql bovar qilmaydi. "Arsenal" eng nufuzli sovrinlarni yutish uchun qurilgan, - dedi Rays.
Eslatib o'tamiz, Deklan o'tgan yozda "Vest Xem"dan 117 million evro evaziga "Arsenal"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!