Ferran Torresni uch klub o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ferran Torres yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Ferran uchun “Atletiko”, “Sevilya” va “Real Sosedad” jamoalari kurash olib boradi. Ushbu klublardan biri Torresni ijaraga olishi kutilmoqda, chunki ular uning to'liq transferi uchun taxminan 30 million evro to'lashga tayyor emaslar.
La Liganing ushbu mavsumida Torres 25 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!